O‘FA kongressida O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqa olmagani sabablari muhokama qilindi. O‘FA rahbariyati terma jamoa mag‘lubiyatini alohida ko‘rib chiqib, hisobot berishini ma’lum qildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vadim Abramov iste’foga chiqarildi. Jamoa sardori Odil Ahmedov esa terma jamoadagi faoliyatini yakunalaganini e’lon qildi. «Asosiy muammolarimizdan biri bolalar futbolini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaganmiz. Fundament bo‘lmaganidan keyin natija ham bo‘lmaydi», — dedi u.
“Futbolchilarni psixologik tushkunlik holatidan chiqara olmaganim mening xatoyim”, — deydi futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida. U muxlislarning ishonchini oqlolmagani uchun uzr so‘radi.
26 va 29 mart kunlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gana B hamda Iroq terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Gana termasiga qarshi kechgan o‘yinda O‘zbekiston MTJ 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Iroq termasiga Toshkentda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov 20 maydan boshlab yig‘in o‘tkazilishini ma’lum qildi. O‘zbekiston Professional ligasi rahbari chempionatning 10 va 11 turlari 20−31 may oralig‘iga belgilangani, lekin taqvim o‘zgarishi haqida O‘zPFL rasmiy ma’lumot olmaganini qayd etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting